2024/2025 o‘quv yili uchun bazaviy kontrakt narxlari oshdi
Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik: 2024/2025-o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi. 2023-yilda kontrakt narxlari o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa-da, joriy yilda narxlar oshgani kuzatilmoqda.
Kontrakt narxlari o‘zgarishi
Taqqoslash uchun, o‘tgan yili iqtisod yo‘nalishi uchun kontrakt 9,1 mln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yildan 10,5 mln so‘mni tashkil etmoqda. O‘z tanlovingizni amalga oshirishdan avval kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.


Moliyaviy mustaqillik va narxlar
Ta’kidlash joizki, ushbu tasdiqlangan narxlar moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarga ko‘p ham ta’sir qilmaydi. Ular 2024-2025 o‘quv yilidan qabul qilingan talabalar uchun yanada yuqoriroq narxlar belgilashlari mumkin.
- Barcha talabalar uchun foydali ma’lumotlar va yangiliklarni kuzatib boring.
- Kontrakt miqdorlari bo‘yicha aniq ma’lumotlarni o‘zingiz o‘qimoqchi bo‘lgan oliygoh qabul komissiyasidan olishingiz mumkin.
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.