JIDU kontrakt narxlari oshirildi: Yangi miqdorlar
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) to‘lov-kontrakt narxlari oshirilgani e’lon qilindi. Bu o‘zgarish bakalavriat va magistratura bosqichidagi barcha talabalarga taalluqlidir.
Bakalavriat va magistratura uchun yangi kontrakt narxlari
Tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, stipendiyasiz shaklda o‘qish qiymatlari quyidagicha belgilandi:
- 1-bosqich bakalavr talabalari uchun: 29,4 million so‘m;
- 2-4-bosqich bakalavr talabalari uchun: 23,7 million so‘m;
- Magistratura bosqichi uchun: 27 million so‘m.
Shuningdek, xorijiy fuqarolar uchun kontrakt narxlari 38,4 million so‘mdan 51,2 million so‘mgacha etib belgilangan. Universitet ma’muriyati narxlarning oshirilish sabablarini hozircha ochiqlamadi.
Abituriyentlar va talabalar uchun foydali ma’lumotlar:
- Oliy o‘quv yurtlariga kirishda kirish ballari yo'nalishlar kesimida bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.
- Barcha talabalar uchun dolzarb yangiliklar va maslahatlarni kuzatib boring.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.