2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayonida abituriyentlar hujjat topshirish vaqtida ta'lim yo‘nalishini emas, balki fanlar majmuasini tanlagan.
Shu sababli ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan yo‘nalish yakuniy hisoblanmaydi. Test sinovlari to‘liq yakunlangach, abituriyentlar tanlagan fanlar majmuasiga mos keladigan 5 tagacha ta'lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yo‘nalish tanlash qachon amalga oshiriladi?
Reklama
Amaldagi tartibga ko‘ra, test sinovlari yakunlangach abituriyentlar:
- oliy ta'lim muassasasini;
- ta'lim yo‘nalishini;
- ta'lim shaklini;
- tanlov ustuvorligini
belgilaydi.
Aynan shu bosqichda yakuniy tanlov amalga oshiriladi.
Ro‘yxatdan o‘tishda tanlangan yo‘nalishni o‘zgartirish mumkinmi?
Ha. Agar tanlanadigan yo‘nalish fanlar majmuasiga mos kelsa, abituriyent istalgan ta'lim yo‘nalishini tanlashi mumkin.
Bunda:
- ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatilgan yo‘nalishni tanlash majburiy emas;
- uni boshqa mos yo‘nalishga almashtirish mumkin;
- hatto dastlab tanlangan yo‘nalishni umuman tanlamaslik ham mumkin.
InfoEdu.uz o‘rganishicha, yakuniy tanlovda asosiy mezon fanlar majmuasining mosligi hisoblanadi. Shuning uchun abituriyentlar yo‘nalish tanlash bosqichida o‘z imkoniyatlarini qayta tahlil qilib, eng maqbul variantlarni tanlashlari mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.