OTM tanlash: 2024-yil qabul jarayoni va muhim muddatlar

Abituriyentlar uchun OTM tanlash va qabulning ikkinchi bosqichi haqida barcha ma’lumotlar. Muddatlar, my.uzbmb.uz bo’yicha ko’rsatmalar va muhim maslahatlar.

3
OTM tanlash: 2024-yil qabul jarayoni va muhim muddatlar

Abituriyentlar uchun muhim: OTM tanlash bosqichi boshlandi

Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun qabulning ikkinchi bosqichi 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar davom etadi. Bu muddat davomida kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilib, o'zingizga mos OTMni tanlashingiz lozim.

Qabul jarayoni qanday amalga oshiriladi?

Abituriyentlar abituriyentlar uchun yaratilgan maxsus platforma orqali quyidagi amallarni bajarishlari kerak:

  • Platformaga kirish: my.uzbmb.uz saytiga kirib, “Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limidan “OTM tanlash” sahifasiga o‘ting.
  • Tanlov ustuvorligi: Dastlab “Tanlov ustuvorligi” va “Maqsadli qabul” parametrlarini belgilang.
  • Ta’lim yo‘nalishlarini tanlash: Fanlar majmuasi va tiliga mos beshtagacha OTMni tanlang.
  • Saqlash va tasdiqlash: Tanlovni saqlagandan so‘ng, telefon raqamingizga kelgan SMS kodni kiritib, ma’lumotlarni tasdiqlang.
  • Qayd varaqasi: Tasdiqlashdan so‘ng “Abituriyent qayd varaqasi”ni yuklab oling.

Ma’lumotlarni o‘zgartirish va natijalar

Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar o‘z ma’lumotlarini tahrirlashlari va qayd varaqasini qayta yuklab olishlari mumkin. Yakuniy natijalar esa tanlov jarayoni tugaganidan so‘ng bir hafta muddat ichida e’lon qilinadi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar