2025-yilda ta’limga ajratiladigan mablag‘ 20 foizga oshadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilgi Davlat budjeti loyihasi doirasida ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga ajratiladigan mablag‘larni 20 foizga oshirishni rejalashtirmoqda.

6
2025-yilda ta’limga ajratiladigan mablag‘ 20 foizga oshadi

2025-yilgi davlat budjetida ta'lim sohasi ustuvor yo‘nalish

17-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev 2024-yil iqtisodiy natijalari va 2025-yil uchun mo‘ljallangan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda 2025-yilgi Davlat budjeti loyihasining asosiy yo‘nalishlari belgilab olindi.

Ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalariga e'tibor

Ijtimoiy davlat tamoyillaridan kelib chiqqan holda, kelgusi yilda ta'lim va sog‘liqni saqlash sohalarini moliyalashtirish hajmini 20 foizga ko‘paytirish ko‘zda tutilmoqda. Bu o‘zgarishlar ta'lim sifatini oshirish va infratuzilmani yaxshilashga xizmat qiladi.

Ma'lumot uchun, mazkur budjet loyihasi mahalliy Kengashlarda muhokama qilinib, yakuniy tasdiq uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Batafsil ma'lumotlar uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar