Jenisbek Piyazov Oliy ta'lim vaziri maslahatchisi bo‘ldi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida yangi lavozim joriy etildi. Unga ko‘ra, madaniyat va san’atni rivojlantirish bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimi jamoatchilik asosida tashkil qilindi.
Yangi lavozim va vazifalar
Ushbu mas'uliyatli lavozimga O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston xalq artisti Piyazov Jenisbek Burkitovich tayinlandi.
Jenisbek Piyazov zimmasiga quyidagi muhim vazifalar yuklatildi:
- Oliy va professional ta’lim tizimida yoshlarning ijtimoiylashuvini ta’minlash;
- Talaba yoshlarning “Besh muhim tashabbus” doirasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish;
- San’at, musiqa va madaniyat yo‘nalishidagi to‘garaklarga yoshlarni faol jalb etish.
Ushbu yangiliklar va talabalar uchun dolzarb ma’lumotlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.














Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.