Pedagogika 2025: Sirtqi ta’lim bekor qilindi va yangi tartib

Pedagogika yo’nalishiga topshirmoqchi bo’lganlar uchun muhim yangiliklar: sirtqi ta’lim bekor qilindi, yangi universitet tashkil etildi va talablar kuchaytirildi.

4
Pedagogika 2025: Sirtqi ta’lim bekor qilindi va yangi tartib

Pedagogika yo'nalishida 2025-yil uchun yangi o'zgarishlar

Pedagogika yo'nalishida ta'lim olishni rejalashtirayotgan abituriyentlar uchun 2025/2026-o'quv yilidan boshlab bir qator muhim o'zgarishlar joriy qilindi. Prezident farmoni asosida pedagogik ta'lim tizimi tubdan qayta ko'rib chiqilmoqda. Prezident farmoni bilan tanishing.

1. Sirtqi ta'lim shakli bekor qilinadi

2025/2026-o'quv yilidan boshlab pedagogik ta'lim faqat kunduzgi va kechki shaklda olib boriladi. Sirtqi ta'limning bekor qilinishi ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Abituriyentlar kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan oldindan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi.

2. Yangi pedagogika universiteti tashkil etiladi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti negizida Nizomiy nomidagi O'zbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil qilinadi. Bu muassasa respublikadagi yetakchi pedagogik markazga aylanadi.

3. Ta'lim sifati va yangi talablar

Bilim darajasi past bo'lgan yo'nalishlar bosqichma-bosqich yopiladi. Shuningdek, 13 ta oliy ta'lim muassasasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufiga o'tkazildi. Abituriyentlar uchun ushbu o'zgarishlar o'z tanlovini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.

  • Sirtqi ta'lim butunlay to'xtatiladi.
  • Pedagogik ta'lim faqat kunduzgi va kechki shaklda bo'ladi.
  • OTMlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimiga o'tdi.

Ushbu ma'lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar