O‘zbekistonlik yoshlarning xorijdagi ta’lim statistikasi
Bugungi kunda ta’lim sohasidagi eng dolzarb mavzulardan biri – yoshlarimizning xorijiy davlatlarga o‘qish va ishlash uchun chiqib ketishi ko‘rsatkichlarining ortib borayotganidir.
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik yoshlarning xorijda ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishi yildan-yilga oshmoqda. Agar siz ham xorijda o‘qishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, avvalo kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi.
Qaysi davlatlarda o‘zbekistonlik talabalar ko‘p?
So‘nggi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik talabalar dunyoning turli nuqtalarida tahsil olishmoqda:
- Rossiya: 24 000 nafardan ortiq;
- Qirg‘iziston: 30 000 nafar;
- Qozog‘iston: 26 500 nafar;
- Janubiy Koreya: 10 000 nafar;
- Xitoy: 5 000 nafar;
- Ukraina: 4 000 nafar;
- Turkiya: 3 500 nafar;
- Tojikiston: 3 000 nafar;
- Germaniya va Belarus: 2 000 nafardan;
- Latviya: 1 500 nafar;
- Yaponiya: 750 nafar;
- Misr: 550 nafar.
Umumiy hisobda, 112 850 nafardan ortiq o‘zbekistonlik yoshlar bugun xorijda ta’lim olmoqda. Bu ko‘rsatkichlar kelgusida o‘zgarishi mumkin. Agar siz mahalliy oliy ta’lim imkoniyatlarini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, talabalar uchun mo‘ljallangan foydali manbalarimizdan foydalaning.
Ushbu yangilik sizda qanday taassurot qoldirdi? Fik? Fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.