O‘zbekistonda nechta xorijlik talaba o‘qiydi? (2024/2025)

2024/2025-o‘quv yilida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 12 500 dan ortiq xorijiy talaba tahsil olmoqda. Eng ko‘p talaba qaysi davlatdan kelgan?

5
O‘zbekistonda nechta xorijlik talaba o‘qiydi? (2024/2025)

O‘zbekiston oliy ta’lim tizimi: Xorijlik talabalar soni qancha?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilida O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida 12 500 nafardan ortiq xorijiy talaba tahsil olmoqda. Bu ko‘rsatkich mamlakatimiz oliy ta’lim tizimining xalqaro miqyosda ochiqligi va jozibadorligini aks ettiradi.

Agar siz ham talabalar uchun foydali ma'lumotlarni izlayotgan bo'lsangiz, ushbu statistika siz uchun qiziqarli bo'ladi.

Qaysi davlatlardan eng ko‘p talaba kelgan?

  • 🇮🇳 Hindiston – 6 502 nafar
  • 🇹🇲 Turkmaniston – 1 430 nafar
  • 🇵🇰 Pokiston – 1 250 nafar
  • 🇷🇺 Rossiya – 732 nafar
  • 🇰🇿 Qozog‘iston – 639 nafar
  • 🇰🇬 Qirg‘iziston – 369 nafar
  • 🇨🇳 Xitoy – 325 nafar
  • 🇹🇯 Tojikiston – 322 nafar
  • 🇰🇷 Janubiy Koreya – 197 nafar
  • 🇦🇫 Afg‘oniston – 157 nafar
  • 🇨🇦 Kanada – 126 nafar
  • 🌐 Boshqa davlatlar – 431 nafar

Xulosa va tahlil

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari Markaziy Osiyo va Osiyo mamlakatlaridan kelgan yoshlar orasida yuqori talabga ega. Ayniqsa, tibbiyot va texnika yo‘nalishlarida xorijlik talabalar soni ortib bormoqda. Oliy ta'limdagi barcha kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlarni bizning saytimizda kuzatib borishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar