O‘zbek tili o‘qituvchilari uchun 50% ustama to‘lanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, o‘zbek tili fani pedagoglari uchun muhim yangilik e’lon qilindi. 2025-yil 1-fevraldan boshlab davlat tili fani o‘qituvchilariga oylik ish haqiga nisbatan 50 foizlik qo‘shimcha ustama to‘lab beriladi.
Ustama olish shartlari
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari ushbu ustamani olishlari uchun quyidagi talabni bajarishlari shart:
- Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimi orqali tegish tegishli darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lishi kerak.
- Ustama miqdori o‘qituvchining tarif stavkasiga nisbatan 50 foizni tashkil etadi.
Mazkur qaror o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish, ularni rag‘batlantirish va ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Shuningdek, pedagoglar o‘z malakalarini doimiy oshirib borishlari uchun pedagog kadrlar attestatsiyasi tizimidan ham samarali foydalanishlari tavsiya etiladi.
Ushbu ma’lumotlar rasmiy davlat dasturi asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.