O‘qituvchilar maoshi: 1000 AQSH dollari rejasi qanday?
Ta’lim tizimini rivojlantirish va pedagoglar mehnatini munosib baholash bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri. Ko‘pchilikni qiziqtirgan savol: o‘qituvchi-pedagoglarning oylik maoshi qachon 1000 AQSH dollaridan oshadi?
Oylik ish haqi va joriy holat
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova matbuot anjumanida bu boradagi rejalar va mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi. Hozirda o‘qituvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 3,4 mln so‘mni tashkil etib, bu o‘tgan yilga nisbatan 13,3 foizga o‘sganini ko‘rsatadi.
Yuqori maosh olish uchun nimalar talab etiladi?
Bugungi kunda 6000 dan ortiq o‘qituvchilarimiz allaqachon 1000 AQSH dollaridan yuqori maosh olmoqdalar. Bunga erishish uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega:
- Pedagog kadrlar attestatsiyasi orqali yuqori toifa olish;
- Vazir jamg‘armasi hisobidan shaffof sinovlar asosida ustamalar tayinlanishi;
- Xalqaro darajada tan olingan sertifikatlarga ega bo‘lish hamda milliy sertifikat sanalarida muvaffaqiyat qozonish.
Ustama va qo‘shimcha to‘lovlar
Vazir jamg‘armasi hisobidan o‘qituvchilarga beriladigan har oylik ustamalar 5,7 mln so‘mgacha yetishi mumkin. Shuningdek, olis hududlarda ishlovchi hamda xalqaro olimpiada g‘oliblari uchun ham alohida rag‘batlantirish choralari joriy etilgan. Vazirlik bu yo‘nalishda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ish olib borib, barcha pedagoglarning daromadini oshirishga intilmoqda.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.