O‘qishni qayta tiklash: Bahorgi semestr uchun muhim sanalar
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini qayta tiklamoqchi bo‘lgan talabalar uchun arizalar qabuli boshlandi. Ushbu jarayonni o‘tkazib yubormaslik uchun belgilangan muddatlar va shartlar bilan tanishib chiqing.
Ariza topshirish muddatlari
Bahorgi semestr uchun o‘qishini qayta tiklashni xohlovchi talabalar 20-dekabrdan 20-yanvarga qadar tegishli hujjatlarni taqdim etishlari lozim. Talabalar uchun barcha yangiliklarni kuzatib borish muhim.
Arizalarni ko‘rib chiqish tartibi
Topshirilgan arizalar 21-yanvardan 31-yanvargacha bo‘lgan davrda ko‘rib chiqiladi va yakuniy qaror qabul qilinadi.
O‘qishni qayta tiklash shartlari va imtiyozlar
O‘qishga qayta tiklanish asosan to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Biroq, quyidagi toifadagi talabalar uchun davlat granti asosida tiklanish imkoniyati mavjud:
- Boquvchisini yo‘qotganlar hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- Muddatli harbiy xizmatni o‘taganlar (zaxiraga bo‘shaganidan so‘ng 3 yil ichida ariza topshirgan bo‘lsa);
- Davlat buyurtmasi bilan xorijga o‘qishga yuborilgan va belgilangan muddatda qaytgan talabalar.
Muhim eslatma
Agar siz o‘qishingizni tiklamoqchi bo‘lsangiz, ariza topshirish uchun belgilangan 20-yanvar sanasini o‘tkazib yubormang. Tanlangan yonalish bo‘yicha o‘qishni davom ettirish bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.