Oliy ta'limda davlat buyurtmasini shakllantirishning yangi tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 49-sonli qarori bilan “Oliy ma’lumotli kadrlarga davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi. 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab davlat buyurtmasi maxsus elektron platforma orqali shakllantiriladi.
Davlat buyurtmasi qanday belgilanadi?
Yangi tizim mehnat bozori talablarini tahlil qilishga asoslangan. Kadrlar tayyorlash ehtiyoji 4 yillik prognoz asosida belgilanib, har yili aniq tuzatishlar kiritib boriladi. Bu esa kirish ballari yo'nalishlar kesimida aniqroq belgilanishiga xizmat qiladi.
Platformaga kiritiladigan tahliliy ma'lumotlar
Davlat buyurtmasini shakllantirishda quyidagi omillar tahlil qilinadi:
- Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lgan aholi soni;
- OTM bitiruvchilarining rasmiy bandligi statistikasi;
- Mehnat resurslari balansi va bo‘sh ish o‘rinlari;
- “HEMIS” axborot tizimidagi bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar.
Yangi tartibning afzalliklari
Ushbu tizim oliy ta’limni mehnat bozoriga moslashtirish va kadrlar tanqisligini kamaytirishni ko‘zlaydi. Endilikda abituriyentlar uchun ajratiladigan davlat buyurtmasi faqat dolzarb va talab yuqori bo‘lgan sohalarga yo‘naltiriladi.
Muddatlar va kelgusi rejalar
2025-yildan boshlab, har yili 1-maygacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasiga davlat buyurtmasi parametrlari taqdim etiladi. Yangilik haqida fikringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.