Nostrifikatsiya nima va u qanday amalga oshiriladi?
Xorijiy davlatlarda olingan diplomni O‘zbekiston hududida yuridik kuchga ega bo‘lishi uchun uni tan olish, yaʼni nostrifikatsiya qilish talab etiladi. Ushbu jarayonni amalga oshirishning 2 ta qulay usuli mavjud.
Nostrifikatsiya uchun ro‘yxatdan o‘tish usullari
Diplomingizni tan oldirish uchun quyidagi ikki yo‘ldan birini tanlashingiz mumkin:
- 1-usul: My.gov.uz portali orqali onlayn tarzda.
- 2-usul: Davlat xizmatlari markaziga (DXM) shaxsan tashrif buyurgan holda.
Onlayn nostrifikatsiya tartibi (My.gov.uz)
Onlayn ariza topshirish uchun quyidagi qadamlarni bajaring:
- My.gov.uz saytiga kiring va OneID orqali tizimdan o‘ting.
- "Ta’lim" bo‘limidan Diplomni nostrifikatsiyalash xizmatini tanlang.
- Diplom va uning ilovasining notarial tasdiqlangan o‘zbek tilidagi tarjimalarini PDF formatda yuklang.
- To‘lovni (Click, Payme yoki Upay orqali) amalga oshiring.
Maʼlumotnoma taxminan 10 ish kunida tayyor bo‘ladi. Talabalar uchun foydali bo‘lgan boshqa xizmatlar haqida ham maʼlumot olishingiz mumkin.
Davlat xizmatlari markazi (DXM) orqali murojaat
Agar siz DXM orqali murojaat qilsangiz, o‘zingiz bilan quyidagi hujjatlarni olib borishingiz kerak:
- Pasport nusxasi;
- Diplom va uning ilovasi (asl nusxasi);
- Diplom va ilovaning o‘zbek tiliga tarjima qilingan hamda notarial tasdiqlangan nusxasi.
To‘lovlar va imtihon jarayoni
Nostrifikatsiya uchun davlat boji bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobarini (1 125 000 so‘m) tashkil etadi. Abituriyentlar uchun muhim bo‘lgan test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, 100 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri javob 2 ball bilan baholanadi. O‘tish bali – 56 ball.
Agar talabgor imtihondan o‘ta olmasa, qayta ro‘yxatdan o‘tish uchun BHMning 2 barobari (750 000 so‘m) miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
Ja’farxon Isaxonov, bloger
Ushbu ma’lumotlar rasmiy manbalardan olingan.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.