Magistratura bosqichida o'qishni ko'chirish mumkinmi?
Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik: xorijiy oliy ta'lim muassasalaridan O'zbekiston oliygohlariga magistratura bosqichini ko'chirish bo'yicha qat'iy qoidalar mavjud.
Nega magistraturada o'qishni ko'chirishga ruxsat yo'q?
Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi Nizomning 232-bandiga ko'ra, magistratura bosqichida o'qishni ko'chirish taqiqlangan. Buning asosiy sabablari quyidagilar:
- Ilmiy jarayon: Magistratura talabalari o'qishning dastlabki ikki oyida ilmiy rahbar va dissertatsiya mavzusini tasdiqlashi shart.
- Akademik tizim: Magistrlik dissertatsiyasi tayyorlash jarayoni birinchi kursning ilk semestridan boshlanadi.
O'qishni ko'chirish ushbu o'quv jarayonini izdan chiqaradi va belgilangan talablarni bajarishni imkonsiz qiladi. Shu sababli, bu jarayon maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.
Foydali ma'lumotlar
Ta'lim tizimidagi yangiliklar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olish uchun saytimizdagi talabalar uchun ruknini kuzatib boring. Sizningcha, bu qoida to'g'rimi? Fikringizni yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.