Mslexia Women’s Poetry Competition 2021: Ayol shoiralar uchun imkoniyat
Ijodkorlar va talabalar uchun ajoyib yangilik! Mslexia tomonidan tashkil etilgan xalqaro she’riyat tanlovi barcha ayol shoiralarni o‘z iste’dodini namoyon etishga va £2000 gacha mukofot pulini yutib olishga chorlaydi.
Tanlov mukofotlari
- 1-o‘rin uchun: £2,000;
- 2-o‘rin uchun: £500;
- 3-o‘rin uchun: £250;
- Avval nashr etilmagan eng yaxshi she’r uchun: £250.
G‘olib bo‘lgan 4 ta she’r hamda qo‘shimcha 6 ta saralangan ijod namunasi Mslexia rasmiy saytida chop etiladi.
Ishtirok etish shartlari
Tanlovda qatnashish uchun abituriyentlar va barcha xohlovchilar quyidagi talablarga rioya qilishlari kerak:
- She’rlar ingliz tilida, istalgan mavzuda va uzunlikda bo‘lishi mumkin;
- Ijod namunasi muallifning shaxsiy mehnati bo‘lishi va avval hech qayerda nashr etilmagan bo‘lishi shart;
- Ishtirok etish to‘lovi $10 ni tashkil etadi (bunda 3 tagacha she’r yuborish mumkin);
- So‘nggi muddat: 6-dekabr.
Tanlovda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘ting. Qo‘shimcha savollar bo‘yicha [email protected] elektron manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.