2026-yil 28-30 mart va 4-7 aprel kunlari biologiya, fizika va tarix fanlaridan bo'lib o'tgan milliy sertifikat imtihonining natijalari e'lon qilina boshlandi.
Xo'sh, natijalarni qayerdan bilish mumkin? Talabgorlar o'z natijalarini my.gov.uz saytidagi "Mening arizalarim" bo'limi orqali ko'rishlari va sertifikatni elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.
Natijalar qanday baholanadi?
Test natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblangan. Talabgorlarga to'plagan bali asosida quyidagi darajadagi sertifikatlar taqdim etiladi:
- A+ daraja — 70 balldan yuqori
- A daraja — 65–69,9 ball
- B+ daraja — 60–64,9 ball
- B daraja — 55–59,9 ball
- C+ daraja — 50–54,9 ball
- C daraja — 46–49,9 ball
Sertifikat egalariga qanday imtiyozlar bor?
Milliy sertifikatga ega abituriyentlar OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida quyidagi tartibda ball olishadi:
- A+, A darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan maksimal ball
- B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli mutaxassislik fanidan proporasional ball
- A+, A, B+, B, C+, C darajali sertifikat uchun — tegishli majburiy fanddan maksimal ball
Shuningdek, akademik litseylarga kirish test sinovlarida sertifikatga ega o'quvchilarga tegishli fanddan maksimal ball beriladi.
Nechanchi kundan boshlab natijalarni tekshirish mumkin?
Natijalar bosqichma-bosqich e'lon qilinmoqda. Agar siz hali natijangizni ko'rmagan bo'lsangiz, bir necha kundan keyin qayta tekshirib ko'ring. Barcha natijalar to'liq e'lon qilingach, sertifikatlarni my.gov.uz platformasi orqali yuklab olish imkoniyati ochiladi.
Shuningdek o'qing: 25-may kungi milliy sertifikat imtihonla...
Shuningdek o'qing: 13-may: stajyor o’qituvchilar uchu...

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.