Pedagoglar attestatsiyasi: Ro’yxatdan o’tish boshlandi (2024)

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi pedagog kadrlarni attestatsiyadan o’tkazish uchun ro’yxatdan o’tish jarayoni boshlanganini e’lon qildi. Batafsil ma’lumotlar.

•Yangilandi: 08.04.2026•1 daqiqa mutolaa•36 marta ko'rildi
Pedagoglar attestatsiyasi: Ro’yxatdan o’tish boshlandi (2024)

Pedagoglar uchun malaka test sinovlariga ro'yxatdan o'tish jarayoni boshlandi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan pedagog kadrlarning malaka test sinovlarida ishtirok etishlari uchun ro'yxatdan o'tish va murojaat yuborish jarayoni boshlanganini ma'lum qildi.

Joriy yilning avgust-dekabr oylarida o'tkaziladigan pedagog attestatsiya jarayonlarida qatnashish uchun barcha maktabgacha, umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari xodimlari 1-avgustdan 1-oktabrga qadar o'z murojaatlarini yuborishlari shart.

Murojaatlarni qanday yuborish kerak?

Pedagoglar o'z arizalarini quyidagi platformalar orqali topshirishlari mumkin:

  • Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining pedkadr.uzedu.uz platformasi;
  • Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz);
  • Davlat xizmatlari markazlari.

Ta'lim sohasidagi yangiliklar va maktab darsliklarini yuklab olish kabi qo'shimcha resurslar uchun infoedu.uz saytini kuzatib boring.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MAQOLA MUALLIFI
Umidjon Esirgapov
Infoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar