Pedagoglar attestatsiyasi 2024: 29-oktabrdan boshlanadi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi pedagoglari uchun attestatsiya sinovlari 29-oktabrdan boshlanadi. Imtihon tartibi va manzillar bilan tanishing.

4
Pedagoglar attestatsiyasi 2024: 29-oktabrdan boshlanadi

Pedagoglar attestatsiyasi 2024: muhim sanalar va tartib

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni 2024-yil 29-oktabr kuni boshlanadi. Malaka sinovlari real vaqt rejimida kompyuter dasturlari yordamida amalga oshiriladi.

Attestatsiya bosqichlari va baholash mezonlari

Sinovlar ikki bosqichda (bir kunda) o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda mutaxassislik fani va kasbiy standartlar bo‘yicha 40 ta test topshirig‘i beriladi (jami 80 ball). Ikkinchi bosqichda esa pedagogik mahoratni aniqlash uchun 10 ta amaliy topshiriq bajariladi (jami 20 ball).

Test sinovlari uchun ajratilgan vaqt:

  • Matematika, informatika, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;
  • Boshqa barcha fanlar uchun — 90 daqiqa.

Pedagoglar o‘z bilimlarini DTM standartidagi test tizimi orqali ham oldindan sinab ko‘rishlari mumkin.

Malaka sinovlari o‘tkaziladigan manzillar

Attestatsiya jarayonlari hududiy Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari va belgilangan umumtaʼlim maktablarida tashkil etiladi:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi: Nukus shahri, Y. Alako‘z ko‘chasi, 54-uy
  • Andijon viloyati: Andijon shahar, Istiqlol ko‘chasi, 8-uy
  • Buxoro viloyati: Kogon tumani, “Choloki” MFY, Qasri Orifon qishlog‘i, 165-uy
  • Jizzax viloyati: Jizzax shahar, “Kimyogar” MFY, To‘qimachilar ko‘chasi, 45-uy
  • Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahar, Olimlar ko‘chasi, 2-uy
  • Navoiy viloyati: Navoiy shahri, Aloqa ko‘chasi, 6-uy
  • Namangan viloyati: Namangan shahri, “G‘ishko‘prik” MFY, Uychi ko‘chasi, 329-uy
  • Samarqand viloyati: Samarqand shahar, Hasan Obiddinov ko‘chasi, 7-uy
  • Sirdaryo viloyati: Guliston shahri, “Shodlik” MFY, Navoiy shoh ko‘chasi, 55-uy
  • Surxondaryo viloyati: Termiz shahar, “Farhod” MFY, Alisher Navoiy ko‘chasi, 19-uy
  • Farg‘ona viloyati: Farg‘ona shahar, “Istiqlol” MFY, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 13-“A” uy
  • Xorazm viloyati: Urganch tumani, Qorovul qishlog‘i, “Mevazor” MFY, Quvonch ko‘chasi, 111-uy
  • Toshkent shahri va viloyati: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Beruniy ko‘chasi, 83-uy

Ushbu yangilik bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar