Pedagoglar attestatsiyadan o‘tishga majburmi? Yangi tartib

Pedagog kadrlar attestatsiyasi bo’yicha yangi tartib qanday? Kimlar majburiy attestatsiyadan ozod etiladi? Barcha savollarga ushbu maqolada javob toping.

34
Pedagoglar attestatsiyadan o‘tishga majburmi? Yangi tartib

Pedagoglar attestatsiyadan o‘tishga majburmi?

O‘qituvchilar uchun eng ko‘p beriladigan savollardan biri bu – pedagoglar attestatsiyadan o‘tishga majburmi? Vazirlar Mahkamasining tegishli nizomiga ko‘ra, majburiy attestatsiya har 5 yilda bir marta o‘tkazilishi belgilangan.

Kimlar majburiy attestatsiyadan ozod etiladi?

Nizomning 6-bandiga ko‘ra, quyidagi pedagog xodimlar navbatdagi majburiy pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayoniga jalb etilmaydi:

  • Pedagogik faoliyat bo‘yicha 25 yil va undan ko‘p ish stajiga ega bo‘lganlar;
  • Yoshga doir pensiyaga chiqishi uchun 5 yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt qolgan pedagoglar.

Shuningdek, 2023-yil 29-dekabrdagi 692-sonli qarorga muvofiq, 25 yillik stajga ega va pensiya yoshiga 5 yil qolgan pedagog kadrlarga amaldagi malaka toifalari saqlab qolinadi. Bu haqida batafsil ma'lumotlarni barcha maqolalar bo‘limidan kuzatib borishingiz mumkin.

Xulosa

Agar pedagogda soha bo‘yicha 30 yillik ish staji mavjud bo‘lsa, u majburiy attestatsiyadan ozod etiladi va uning toifasi avtomatik ravishda saqlanib qoladi. Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar