Majburiy fanlar bloki: 2024-2025 test mavzulari taqsimoti

OTM kirish imtihonlaridagi majburiy fanlar bo’yicha test savollari qaysi mavzulardan tushadi? Ona tili, matematika va O’zbekiston tarixi bo’yicha aniq taqsimot.

7
Majburiy fanlar bloki: 2024-2025 test mavzulari taqsimoti

Majburiy fanlar blokidan test topshirish tartibi

OTM kirish imtihonlarida barcha yo‘nalish abituriyentlari, jumladan, ijodiy imtihon topshiruvchilar ham majburiy blok fanlaridan test sinovlarini topshirishlari shart. Ushbu testlarga to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘rish uchun maktab darsliklaridan unumli foydalanish va mavzular taqsimotini bilish muhim.

Majburiy fanlar bo‘yicha test mavzulari taqsimoti

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e'lon qilingan ma'lumotlarga ko‘ra, majburiy fanlar quyidagi mavzular doirasida shakllantiriladi:

  • Ona tili (o‘zbek): Orfografiya va punktuatsiya (40%), Leksikologiya va uslubiyat (40%), Grammatika (20%).
  • Matematika: Sonlar va ular ustida amallar (40%), Foiz, proporsiya va tenglama (30%), Geometriya (30%).
  • O‘zbekiston tarixi: Qadimgi va o‘rta asrlar (35-45%), XVI-XX asr boshlari (35-45%), Sovetlar va mustaqillik davri (20-25%).

Imtihonlarga yanada puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun DTM standartidagi test tizimida o‘z bilimingizni sinab ko‘rishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar