Magistratura 2024-2025: Natijalar e’lon qilinish muddati
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qabul jarayoni yakunlanib, natijalar 20-avgustga qadar e’lon qilinadi.
Saralash tartibi qanday bo‘ladi?
Joriy yilda magistraturaga kirishda imtihonlar o‘tkazilmaydi. Talabgorlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- Diplom bali: Birinchi navbatda talabgorning diplom ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratiladi.
- Chet tili sertifikati: Diplom balli teng bo‘lgan holatlarda xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat ustunlik beradi.
Agar siz oliygohlar kirish ballari va qabul jarayonlari haqida ko‘proq ma’lumot olishni istasangiz, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan bo‘limimizni kuzatib boring.
Eslatib o‘tamiz, magistratura bosqichi talabalari uchun o‘qish jarayonlari va akademik yangiliklarni talabalar uchun sahifamiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.








Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.