Ko‘zi ojiz abituriyentlar toifasiga kimlar kiradi?
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga kirishda ayrim toifadagi abituriyentlar uchun imtiyozli shartlar belgilangan. Xususan, ko‘zi ojiz abituriyentlar toifasiga quyidagi shaxslar kiradi:
- Maxsus maktab-internatlar tomonidan ko‘zi ojizlar uchun berilgan 11-sinf negizidagi o‘rta ta’lim yetuklik attestatiga ega bo‘lganlar;
- Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari diplomi egalari;
- 9 yillik ko‘zi ojizlar maxsus maktab-internatida o‘qib, 3 yillik o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi diplomini olganlar;
- Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, litsey yoki kollejni tamomlagan va ko‘zi bo‘yicha 1-guruh nogironligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomaga ega bo‘lgan shaxslar.
Imtihon muddatlari va foydali ma’lumotlar
Ushbu toifadagi abituriyentlar uchun kirish imtihonlari har yili 26-iyulgacha bo‘lgan muddatda tashkil etiladi. Abituriyentlar o‘zlariga mos kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlarni oldindan o‘rganib chiqishlari tavsiya etiladi.
Shuningdek, abituriyentlar uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha materiallar va yangiliklarni kuzatib borish orqali imtihon jarayonlariga to‘liq tayyorgarlik ko‘rish mumkin. Ma’lumotlar infoedu.uz sayti manbalari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.