Kimyo fanidan testda tushgan savollar va javoblar e’lon qilindi

2026-yil 14-iyul kuni 1-smenada o‘tkazilgan kimyo fani test sinovida tushgan savollar va javoblar bilan tanishing.

Kimyo fanidan testda tushgan savollar va javoblar e’lon qilindi

2026-yil 14-iyul kuni oliy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlarining 1-smenasi bo‘lib o‘tdi. Ijtimoiy tarmoqlarda abituriyentlar tomonidan kimyo fanidan testda tushgan savollar va ayrim javoblar ulashilmoqda.

Quyida testda uchragani aytilayotgan savollar jamlanmasi keltirilgan.

Kimyo fanidan tushgan savollar

Reklama

  1. K va Li aralashmasiga Cl₂ qo‘shilganda KCl ning massa ulushi 74,5% ga yetdi. Dastlabki aralashmaning mol nisbatini toping.
  2. Mg — Ca — Sr — Ba qatori uchun to‘g‘ri javobni aniqlang. To‘g‘ri javob: Elektromanfiyligi kamayadi.
  3. Zn va Cu qotishmasi tarkibida Avogadro sonidan 100 marta ko‘p elektron bo‘lgan. Qotishma FeCl₂ eritmasiga solingandan keyingi o‘zgarishlar asosida konsentrlangan H₂SO₄ bilan reaksiyada ajraladigan gaz hajmini toping.
  4. A moddasi ham ishqor, ham kislota bilan reaksiyaga kirishadi (amfoter). S + A → SO₂ + B reaksiya zanjiridagi moddalarni aniqlang.
  5. 5FeS₂ + 66HNO₃ + 6KMnO₄ → ... reaksiyasida oksidlovchi 1,2 mol bo‘lsa, hosil bo‘lgan sulfat kislotaning massasini toping.
  6. Na₂CO₃ va NaCl eritmalari aralashtirilganda hosil bo‘lgan eritmadagi Na⁺ ionlarining molyar konsentratsiyasini aniqlang.
  7. NaCl, NaOH, K₂CO₃ va CuSO₄ elektrolizida anodda ajraladigan moddalarni aniqlang.
  8. NH₃ uchun xos bo‘lmagan xususiyatni toping. To‘g‘ri javob: Lakmus qog‘ozini qizartirishi.
  9. H₂O va NH₃ molekulalarida bog‘lar soni hamda taqsimlanmagan elektron juftlari sonini taqqoslash.
  10. CH₃NO₂ va C₆H₅NO₂ aralashmasidan hosil bo‘lgan aminlar massalari teng bo‘lsa, CH₃NO₂ massasini toping.
  11. CuSO₄ + NaOH → X → (−H₂O) → Y reaksiyasida Y moddasini aniqlang.
  12. Vant-Goff qoidasiga oid masala: temperatura 20 °C dan 40 °C ga oshirilganda reaksiya davomiyligini hisoblang.
  13. C₂H₆ va SiH₄ aralashmasi yonishidan hosil bo‘lgan mahsulotlar asosida gazlar aralashmasining CH₃NH₂ ga nisbatan zichligini aniqlang.
  14. NO₂ dan HNO₃ olish hamda NO dan NO₂ hosil bo‘lishida azotning oksidlanish darajasi qanday o‘zgarishini aniqlang.
  15. 82-tartib raqamli element (Pb) uchun elektronlarning kvant sonlariga oid masala.
  16. Sistematik nomlari berilgan moddalarning ratsional nomlarini aniqlash.

17–18. Termokimyoga oid masala: 16,8 litr qaldiroq gaz portlatilganda ajralgan issiqlik asosida vodorodning yonish issiqligini hisoblash.

  1. NH₃ ga xos bo‘lmagan xususiyatni aniqlang.

To‘g‘ri javob: Lakmus qog‘ozini qizartirishi.

  1. Uchlamchi butil spirti va noma'lum karbon kislota reaksiyasidan hosil bo‘lgan murakkab efir tarkibi asosida kislotani aniqlang.

InfoEdu.uz eslatib o‘tadiki, ushbu savollar abituriyentlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda ulashilgan bo‘lib, Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e'lon qilingan rasmiy test varianti hisoblanmaydi.

Yo‘q. Savollar abituriyentlar tomonidan test sinovidan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda ulashilgan bo‘lib, rasmiy test varianti sifatida e'lon qilinmagan.
Mazkur savollar 2026-yil 14-iyul kuni 1-smenada o‘tkazilgan test sinovidan jamlangan.
Test natijalari Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy platformalari orqali e'lon qilinadi.

Reklama

Umidjon EsirgapovU
MUALLIFUmidjon EsirgapovInfoedu.uz asoschisi marketing va ta’lim sohasida 5 yillik tajribaga ega ekspert.

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar