DTM test sinovlarida abituriyentlar uchun muhim qoidalar
Test sinovlariga tayyorgarlik ko'rayotgan abituriyentlar uchun eng muhim qoidalarni eslatib o'tamiz. Javoblar varaqasi bilan ishlashda xatoliklarga yo'l qo'ymaslik va test jarayonidan chetlatilmaslik uchun quyidagilarni bilish shart.
Javoblar varaqasini to'ldirish va tartib-intizom
Javoblar varaqasini buklash, shikastlash yoki belgilanmagan joylarga yozish qat'iyan taqiqlanadi. Shuningdek, test sinovlari vaqtida guruhdan zarurat bilan chiqqan talabgorga qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
Test sinovidan chetlatilishga sabab bo'luvchi holatlar
Quyidagi vositalarni olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan talabgorlar test sinovidan darhol chetlatiladi:
- Mikrokalkulyator, lug‘at, jadval va kitoblar;
- Uyali telefon, kompyuter va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari;
- Har qanday turdagi shpargalkalar.
Bundan tashqari, quyidagi harakatlar ham test sinovidan chetlatilishga asos bo‘ladi:
- Test materiallarini boshqa talabgorga uzatish;
- Yordam berish yoki boshqalar bilan gaplashish;
- Test materiallariga ziyon yetkazish;
- Test materiallarini hududdan tashqariga olib chiqish;
- Ajratilgan vaqt tugaganidan so‘ng test materiallarini topshirishdan bosh tortish.
O'z bilimingizni sinab ko'rish uchun DTM standartidagi test tizimidan foydalanishingiz mumkin.
Ta’lim sohasidagi boshqa yangiliklarni kuzatib boring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.