Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Jasorat maktablari”ning 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul kvotalari rasman tasdiqlandi. Mazkur qarorga ko‘ra, respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 208 ta “Jasorat maktabi”ga jami 5 408 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.
Bu haqda vazirlik tomonidan e’lon qilingan rasmiy ma’lumotda qayd etildi.
Har bir maktab uchun belgilangan kvota
Tasdiqlangan rejaga asosan, har bir “Jasorat maktabi”ga 26 nafardan o‘quvchi qabul qilinishi belgilangan. Qabul jarayoni maktablar kesimida tasdiqlangan kvotalar doirasida amalga oshiriladi.
Mas’ullar ta’kidlashicha, qabul jarayonida belgilangan tartib va talablar qat’iy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Hujjatlar qabuli may–iyun oylarida
Ma’lumot uchun, “Jasorat maktablari”ga hujjatlar qabuli 2026-yilning may–iyun oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Qabulga oid batafsil ma’lumotlar va aniq muddatlar qo‘shimcha tarzda e’lon qilinadi.
Shuningdek, 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul kvotalari bilan bog‘liq rasmiy hujjatni quyidagi havola orqali yuklab olish mumkin:
👉 Faylni yuklash




















