O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilk marta falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olish uchun mustaqil izlanuvchilikka qabulni boshladi. Markazda oliy ta'limdan keyingi ta'lim doirasida mustaqil izlanuvchilikka qabul ilk bor tashkil etilmoqda.
Qabul 24.00.01 — Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi bo'yicha amalga oshiriladi. Hujjatlar 2026-yil 15-avgust soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi.
Nomzodlar daraja.ilmiy.uz va my.gov.uz platformalari orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.
Bu imkoniyat ayniqsa Islom tarixi va manbashunosligi sohasida ilmiy tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilar uchun muhim. Islom sivilizatsiyasi markazi so'nggi yillarda nodir qo'lyozmalar va tarixiy manbalarni o'rganish bo'yicha jiddiy loyihalarni amalga oshirmoqda.
Ilmiy daraja va qabul jarayonlari bo'yicha eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
Reklama

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.