Diplomni nostrifikatsiya qilish tartibi
Xorijiy davlatda olingan diplomni O‘zbekistonda tan olish, ya’ni nostrifikatsiya qildirish uchun ikki xil usul mavjud. Quyida ushbu jarayonni qanday amalga oshirish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘llanmani taqdim etamiz.
1-usul: my.gov.uz orqali onlayn nostrifikatsiya
Siz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali uydan chiqmagan holda murojaat qilishingiz mumkin. Maʼlumotnoma taxminan 10 ish kunida tayyor bo‘ladi.
Onlayn ariza topshirish bosqichlari:
- Portalga kirib, OneID orqali tizimdan o‘ting.
- Xizmatlar ro‘yxatidan "Ta’lim" bo‘limini tanlang.
- Diplomni nostrifikatsiyalash xizmatini tanlab, arizani to‘ldiring.
- To‘lovni (BHM ning 2.7 barobari miqdorida) onlayn to‘lang.
Agar siz abituriyentlar uchun yoki ta'lim sohasidagi boshqa yangiliklar bilan qiziqsangiz, saytimizdagi barcha maqolalar bo'limini kuzatib boring.
2-usul: Davlat xizmatlari markazi (DXM)
O‘zingizga eng yaqin bo‘lgan Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, hujjatlaringizni taqdim etishingiz mumkin.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
- Xorijiy davlatda olingan diplom va unga ilovaning nusxasi.
- Diplom va ilovaning davlat tiliga tarjima qilingan hamda notarial tasdiqlangan nusxasi.
Manba: grantlar_namuna. Batafsil ma'lumot uchun infoedu.uz saytiga tashrif buyuring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.