2026/2027-o‘quv yilidan boshlab homilador talaba-qizlarga va 3 yoshgacha farzandi bo‘lgan talabalarga o‘qishni masofaviy shaklda davom ettirish bo‘yicha muhim imtiyozlar yaratilmoqda.
Kutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, kursdan kursga qolgan yoki talabalar safidan chetlatilgan bunday toifadagi yoshlarga ta’limni qayta davom ettirish huquqi beriladi. Ular fanlar farqini topshirish orqali o‘z o‘qishlarini tiklash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, akademik ta’tildagi talaba onalar o‘z xohishlariga ko‘ra ta’limni masofaviy shaklda davom ettirishi bo‘yicha maxsus tartib ishlab chiqilmoqda. Buning uchun masofaviy ta’lim kvotalari va maxsus yo‘nalishlar doirasi kengaytiriladi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.