2026/2027-o‘quv yili uchun **Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)**ga davlat granti asosida qabul ko‘rsatkichlari tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, universitet uchun 100 ta davlat granti ajratilgan.
Grant o‘rinlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kesimida taqsimlangan. 2026/2027-o‘quv yili uchun tasdiqlangan barcha qabul parametrlari bilan 2026/2027-o‘quv yili qabul kvotalarining to‘liq taqsimoti orqali tanishishingiz mumkin.
Green University uchun nechta grant ajratildi?
Reklama
Tasdiqlangan qabul parametrlariga ko‘ra:
- Umumiy qabul — 930 ta
- Davlat granti — 100 ta
Shundan:
- Bakalavriat — 720 ta qabul, 68 ta grant
- Magistratura — 210 ta qabul, 32 ta grant.
Bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha grantlar
Bakalavriat bosqichida barcha yo‘nalishlar ingliz tilida o‘qitiladi.
| Ta’lim yo‘nalishi | Grant |
|---|---|
| Atrof-muhit va barqaror boshqaruv | 24 ta |
| Yurisprudensiya | 10 ta |
| "Yashil" iqtisodiyot | 10 ta |
| Ekologiya va davlat boshqaruvi | 24 ta |
Magistratura bo‘yicha grantlar
Magistratura mutaxassisliklari uchun 32 ta grant quyidagicha taqsimlangan:
- Barqaror rivojlanish — 4 ta
- Ekologiya huquqi — 2 ta
- Sirkulyar iqtisodiyot — 6 ta
- Barqaror turizm — 4 ta
- Barqaror moliya — 2 ta
- Ekologik fanlar va tadqiqotlar, ekologik tahlil, bilim va innovatsiyalarni boshqarish — 8 ta
- Atrof-muhit muhofazasi — 6 ta.
📄 Green University uchun tasdiqlangan qabul parametrlarini yuklab olish:

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.