Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti (HKUST) 100% grant dasturi
Osiyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan biri bo'lgan Gonkong Fan va Texnologiya Universiteti (HKUST) xalqaro talabalar uchun 100% lik grant dasturlarini taklif etadi. Ushbu imkoniyat abituriyentlar uchun bakalavr bosqichida bepul ta'lim olish eshiklarini ochadi.
Universitet Gonkongning Clear Water Bay sohilida joylashgan bo'lib, THE (Times Higher Education) reytingida dunyo bo'yicha 56-o'rinni egallaydi.
Grant dasturi va talablar
Universitetning Scholarships For All Entrants dasturi barcha xalqaro talabalar uchun ochiq. Grantga ega bo'lgan talabalar o'quv kontrakt to'lovidan to'liq ozod etiladi.
- Dastur darajasi: Bakalavr.
- Mezonlar: O'rta maktabni tamomlaganlik to'g'risidagi shahodatnoma yoki diplom, yuqori akademik ko'rsatkichlar.
- Til bilish darajasi: Ingliz tili sertifikatlari (TOEFL iBT 80, IELTS 6.5).
Ariza topshirish jarayoni
Grantga nomzod bo'lish uchun talabalar avvalo universitetning bakalavr dasturlariga rasmiy sayt orqali hujjat topshirishlari va qabul qilinishlari kerak. Talabalar uchun qo'shimcha ma'lumotlar va ariza topshirish bo'yicha yo'riqnomalar universitetning rasmiy portalida mavjud.
Kerakli hujjatlar ro'yxati
- O'rta maktab yoki litsey diplomi (ilovalari bilan);
- Professional rezyume;
- Ingliz tili sertifikati (IELTS/TOEFL).
Batafsil ma'lumot va grantga ariza qoldirish uchun ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.