Garvard universiteti: 102 200 dollarlik MBA granti

Garvard biznes maktabida o‘qishni orzu qilasizmi? Boustany Foundation tomonidan taqdim etilayotgan 102 200 AQSH dollarlik grant dasturi haqida batafsil ma’lumot.

4
Garvard universiteti: 102 200 dollarlik MBA granti

Garvard biznes maktabida ta'lim: 102 200 dollarlik grant

Garvard universiteti MBA (Masters of Business Administration) dasturi dunyodagi eng nufuzli biznes yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Boustany MBA Harvard Scholarship dasturi yuqori salohiyatli talabalar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etadi.

Grantning moliyaviy imkoniyatlari

Ushbu dastur doirasida quyidagi moliyaviy yordamlar ko‘rsatiladi:

  • O‘quv to‘lovlari uchun 102 200 AQSh dollari (yiliga 51 100 AQSh dollari);
  • Amaliyot bilan bog‘liq sayohat va yashash xarajatlari.

Agar siz xorijiy universitetlar yoki oliygohlar kirish ballari bilan qiziqsangiz, saytimizdagi ma'lumotlarni kuzatib boring. Talabalar uchun mo‘ljallangan boshqa grant dasturlari haqidagi yangiliklarni ham o‘tkazib yubormang.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va ariza topshirish

Nomzodlar a'lo darajadagi akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishlari va kelajakda yuqori natijalarga erishishni maqsad qilgan bo‘lishlari shart. Stipendiya barcha millat vakillari uchun ochiq, ammo Livan fuqarolariga ustunlik berilishi mumkin.

Eslatma: Nomzodlar avvalo Garvardning MBA dasturiga qabul qilinishi va kirish taklifini (offer letter) olishlari kerak. Shundan so‘nggina grant uchun ariza topshirish mumkin.

Ariza jarayoni

Ariza topshirish uchun quyidagi hujjatlar jamlanmasini [email protected] manziliga yuborish lozim:

  • Fotosuratli CV;
  • GMAT ballari;
  • Garvard MBA qabul xati.

Tanlab olingan nomzodlar suhbat bosqichiga taklif etiladi. Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2022-yil 31-may. Batafsil ma'lumot uchun rasmiy saytga o‘ting.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar