Franklin University Switzerland: Bakalavriat uchun grantlar

Franklin University Switzerland bakalavriat talabalari uchun 5 500–27 000 dollargacha bo’lgan grant dasturini e’lon qildi. Batafsil shartlar va hujjatlar bilan tanishing.

4
Franklin University Switzerland: Bakalavriat uchun grantlar

Franklin University Switzerland: Bakalavriat uchun grant dasturi

Shveytsariyaning nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Franklin University Switzerland bakalavriat bosqichida tahsil olmoqchi bo‘lgan iqtidorli talabalar uchun yangi grant dasturini e’lon qildi. Bu imkoniyat yuqori salohiyatga ega yoshlarga moliyaviy ko‘mak berishni maqsad qiladi.

Grant afzalliklari

Dastur doirasida talabalarga yiliga 5 500 dollardan 27 000 dollargacha bo‘lgan miqdorda stipendiya ajratiladi. Grant 4 yillik bakalavriat kursi davomida saqlanib qolishi uchun talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan ushbu dastur haqida batafsil ma’lumotni universitetning rasmiy sayti orqali olishingiz mumkin.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

  • O‘rta maktab, kollej yoki litseydagi a’lo baholar (grant miqdori ushbu ko‘rsatkichga bog‘liq);
  • Ijtimoiy faollik va tashabbuskorlik;
  • Til bilish darajasi: IELTS 6.5 yoki TOEFL iBT 90. Til talablari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni bu yerda ko‘rishingiz mumkin;
  • Universitet bakalavriat kurslaridan biriga qabul qilingan bo‘lish.

Kerakli hujjatlar ro‘yxati

  • Rezyume (CV);
  • Akademik o‘zlashtirish varaqasi (diplom yoki shahodatnoma);
  • Yutuqlarni tasdiqlovchi sertifikatlar;
  • Til bilish sertifikatlari;
  • Pasport nusxasi;
  • 2 ta akademik tavsiyanoma.

Eslatma: Ushbu grant uchun alohida ariza topshirish shart emas. Universitetga hujjat topshirish jarayonida grant dasturida ishtirok etish imkoniyati ham ko‘rib chiqiladi. Yo‘nalishlar kesimida tanlov jarayonlari va boshqa ma’lumotlar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi. Barcha hujjatlar universitet portaliga 2021-yil 1-dekabrgacha yuklanishi kerak.

Qo‘shimcha savollar bo‘yicha [email protected] elektron manzili orqali bog‘lanishingiz mumkin.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar