AQSH elchixonasida amaliyot: Talabalar uchun ajoyib imkoniyat

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi talabalar uchun amaliyot dasturini e’lon qildi. Qanday qilib hujjat topshirish va talablar bilan ushbu maqolada tanishing.

3
AQSH elchixonasida amaliyot: Talabalar uchun ajoyib imkoniyat

AQSHning Toshkentdagi elchixonasida amaliyot o‘tash imkoniyati

Talabalar va abituriyentlar uchun muhim yangilik! AQShning Toshkentdagi elchixonasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining “Foreign National Student Internship Program” dasturiga malakali nomzodlarni qidirmoqda.

Amaliyot dasturi haqida umumiy ma’lumotlar

Amaliyot 6 oydan 1 yilgacha davom etishi mumkin va haftasiga 20 soatlik ish rejimini o‘z ichiga oladi. Bu talabalar uchun xalqaro tashkilotda ish tajribasiga ega bo‘lish, ingliz tilidagi malakalarini oshirish va dasturlarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir. Eslatma: Amaliyot uchun to‘lov amalga oshirilmaydi.

Asosiy vazifalar

  • ACT to‘plamini tartibda saqlash va tushuntirish ishlarini olib borish;
  • Kitob sovg‘alarini tayyorlash va ro‘yxatga olish;
  • Mijozlarga kompyuter, televizor va ACT resurslaridan foydalanishda yordam berish;
  • Telefon qo‘ng‘iroqlari va tashrif buyuruvchilarni ro‘yxatga olish;
  • Ijtimoiy media kanallarini boshqarishda ko‘maklashish;
  • Ma’lumotlar bazasini yuritish va hujjatlar bilan ishlash.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar

  • Kamida 18 yoshda bo‘lish;
  • O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish;
  • O‘rta maktab yoki maxsus o‘quv yurtini tamomlagan bo‘lish;
  • Oliy ta’lim muassasasining 1-3 kurs bakalavriat talabasi bo‘lish;
  • Yaxshi akademik ko‘rsatkichlar va kompyuter savodxonligi;
  • Ingliz, rus va o‘zbek tillarini bilish.

Murojaat etish tartibi

Nomzodlar ariza shaklini to‘ldirishlari va kerakli hujjatlar bilan birga [email protected] manziliga yuborishlari lozim. Batafsil ma’lumot uchun AQSh elchixonasi veb-saytiga o‘ting.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar