Abituriyentlar uchun muhim ogohlantirish
Oliy ta'lim muassasalariga kirish istagida bo'lgan abituriyentlar uchun qabul jarayoni yakunlanish arafasida. 20-iyul kuni soat 23:59 da ro'yxatga olish tizimi to'liq yopiladi.
Nima uchun kechiktirmaslik kerak?
Oldingi yillar tajribasidan ma'lumki, qabulning so'nggi soatlarida tizimda yuklama oshishi va texnik qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Shu sababli:
- Ro'yxatdan o'tishni va ma'lumotlarni tasdiqlashni so'nggi daqiqalarga qoldirmang.
- To'lov qilingan taqdirda ham, 20-iyul 23:59 ga qadar barcha ma'lumotlaringizni tahrirlashingiz mumkin.
- Qabul muddati yakunlangandan so'ng hech qanday o'zgarish kiritish imkoni bo'lmaydi.
Foydali resurslar
O'zingiz tanlamoqchi bo'lgan kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqing. Shuningdek, abituriyentlar uchun barcha yangiliklarni kuzatib borishni unutmang.
Ro'yxatdan o'tish sayti: my.uzbmb.uz
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.