Prezident granti: 200 nafar eng yuqori ball to‘plagan talaba

Prezident granti qanday olinadi? Eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talaba uchun grant asosida o‘qish va stipendiya shartlari haqida to‘liq ma’lumot.

4
Prezident granti: 200 nafar eng yuqori ball to‘plagan talaba

Prezident granti: Kimlar uchun mo‘ljallangan?

Oliy ta’lim muassasalari yangi o‘quv yilida abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda. Kunduzgi ta’lim shakli imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar talaba Prezident granti sohibi bo‘ladi.

Agar talaba kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan bo‘lsa ham, umumiy reytingda yuqori natija ko‘rsatsa, u avtomatik tarzda grant asosida o‘qish huquqini qo‘lga kiritadi. Bu esa kirish ballari yo'nalishlar kesimida yuqori natija ko‘rsatganlar uchun katta yengillikdir.

Prezident granti stipendiyasi va uni saqlab qolish shartlari

Prezident granti stipendiyasi 1-kursdan boshlab oyma-oy to‘lab boriladi. Biroq, bu imtiyozni saqlab qolish uchun talaba o‘z o‘qishiga mas’uliyat bilan yondashishi lozim:

  • Har bir semestr yakunida barcha fanlarni "a’lo" bahoga yopish talab etiladi.
  • Agar talaba birorta fanni "a’lo" bahoga yopolmasa, navbatdagi semestrda oddiy stipendiyaga o‘tkaziladi.
  • Keyingi semestrni yana "a’lo" baholarga yakunlasa, grant stipendiyasi qayta tiklanadi.

Stipendiya miqdori Prezident stipendiyasi bilan tenglashtirilgan. Shuningdek, o‘qishni grant stipendiyasi bilan yakunlagan bitiruvchilar magistraturaga imtihonsiz, grant asosida qabul qilinish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Siz talabalar uchun joriy etilgan ushbu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda yozib qoldiring.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar