O‘quvchilarning xorijga chiqish tartibi o‘zgarmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan o‘quvchilarni bir muassasadan boshqasiga o‘tkazish va ularning xorijga chiqish tartibini tartibga solish bo‘yicha yangi loyiha ishlab chiqildi. Endi o‘quvchilar maktab direktori roziligisiz yoki xabardor qilmasdan mamlakatdan chiqib ketolmasligi mumkin.
Ota-onalar uchun muhim qoidalar
Yangi qoidalarga ko‘ra, ota-onalar farzandi bilan birga xorijga ketish sabablarini va u yerda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etishlari shart. Maktab direktori ushbu arizani bir ish kuni ichida ko‘rib chiqadi.
Direktor qachon ogohlantirish beradi?
Agar ota-onalar tegishli tartibda murojaat qilmasa yoki xorijda qolish muddati uzaytirilganligi haqida maktabni xabardor qilmasa, direktor quyidagi choralarni ko‘radi:
- Ota-onalarni, mahalla fuqarolar yig‘ini raisini va tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limini yozma ravishda ogohlantiradi;
- Bolalar masalalari bo‘yicha tuman komissiyasiga xabar beradi;
- O‘quvchini dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi.
O‘quvchilar hisobdan chiqarilishi mumkin
Maktab direktori har yili 25-mayga qadar uzluksiz uch oydan ortiq darsga qatnashmagan o‘quvchilar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni komissiyaga kiritadi. Ushbu o‘quvchilar komissiya roziligi bilan o‘quvchilar safidan chiqarilishi mumkin. O‘z ta'limingizni rejalashtirishda maktab darsliklarini yuklab olish va abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar bilan tanishib borishni unutmang.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.