Emaktab.uz: Elektron jurnal to’ldirish bo’yicha yangi qoidalar

Emaktab.uz (Kundalik.com) platformasida elektron jurnalni to’ldirish bo’yicha yangilangan talablar va baholash tartibi bilan tanishing.

4
Emaktab.uz: Elektron jurnal to’ldirish bo’yicha yangi qoidalar

Emaktab.uz platformasi uchun yangilangan qoidalar

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan “Kundalik” elektron jurnalini to‘g‘ri va o‘z vaqtida to‘ldirish bo‘yicha yangi talablar belgilandi. Ushbu o‘zgarishlar o‘quv jarayoni shaffofligini ta’minlashga qaratilgan.

Elektron jurnalni to‘ldirish tartibi

O‘qituvchilar dars o‘tilgan zahoti elektron jurnalga belgi qo‘yishlari shart. Quyidagi muddatlarga qat’iy amal qilinishi lozim:

  • 1-navbatdagi darslar: shu kuni soat 21:00 gacha;
  • 2-navbatdagi darslar: ertasi kuni soat 13:00 gacha.

Belgilangan muddatda jurnal to‘ldirilmasa, dars o‘tilmagan deb hisoblanadi va ish haqi to‘lanmaydi.

Baholash va tahrirlash qoidalari

O‘quvchilarni baholashda quyidagi mezonlar amal qiladi:

  • Baholash jarayonida sinf o‘quvchilarining kamida 30 foizi qamrab olinishi kerak.
  • Baholarni tahrirlash imkoniyati 72 soat bilan cheklangan. Ushbu muddatdan so‘ng baholar tizimda muzlatiladi.

Ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar attestatsiyasi jarayonlariga tayyorgarlik ko'rishda elektron jurnalning aniq yuritilishi muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, maktab darsliklarini yuklab olish orqali o‘quv materiallari bilan tanishib borishingiz mumkin.

Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar