Prezidentning 2026-yil 17-iyuldagi PQ-269-son qaroriga ko'ra, "El-yurt umidi" jamg'armasi 2027/2028-o'quv yilidan boshlab integratsiyalashgan ta'lim dasturlari asosida tahsil olayotgan talabalar uchun xorijdagi ta'lim va foundation dasturlari xarajatlarini moliyalashtiradi.
Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi faoliyati Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy ta'lim muassasalari tajribasi asosida tashkil etiladi. Oliy maktab bilan integratsiyalashgan ta'lim dasturlari joriy etilgan texnikumlar o'rtasida ham hankorlik yo'lga qo'yiladi.
Mazkur dasturlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Oliy maktabning mos bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga kirish imtihonlarisiz o'qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, integratsiyalashgan ta'lim dasturlari asosida tahsil olgan o'quvchilarning kreditlari xorijdagi yetakchi hamkor oliy ta'lim muassasalari tomonidan tan olinishi ta'minlanadi.
"El-yurt umidi" jamg'armasiga stipendiya dasturlari doirasida quyidagi xarajatlarni moliyalashtirishga ruxsat beriladi:
- Top-300 talik ro'yxatga kirgan xorijiy OTMlarda o'qish: Oliy maktab va boshqa oliy ta'lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan integratsiyalashgan ta'lim dasturlari asosida tahsil olayotgan, xorijda o'qishni uzluksiz davom ettirish imkoniga ega bo'lgan talabalarning xorijdagi o'qishini tashkil etish bilan bog'liq xarajatlari;
- Foundation dasturlari xarajatlari: Belgilangan OTMlar bakalavriat yo'nalishiga shartli qabul qilingan talabgorlar uchun Oliy maktab va boshqa mahalliy OTMlarda integratsiyalashgan dasturlar asosida tashkil etiladigan 1-kurs (foundation) dasturlari o'qish xarajatlari (tuition fee).
Bu imkoniyat ayniqsa iqtidorli, ammo moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan yoshlar uchun xorijiy universitetlarda ta'lim olish yo'lini ochib beradi.
Ta'lim va stipendiya dasturlari bo'yicha eng muhim yangiliklarni InfoEdu.uz orqali kuzatib boring.
Reklama
















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.