Eiffel stipendiyasi: Fransiyada to‘liq grant asosida o‘qing

Fransiya hukumatining Eiffel stipendiyasi orqali magistratura va doktoranturada bepul tahsil oling. Dastur shartlari, yo‘nalishlar va imtiyozlar bilan tanishing.

4
Eiffel stipendiyasi: Fransiyada to‘liq grant asosida o‘qing

Eiffel French Government Scholarship: Fransiyada ta'lim olish imkoniyati

Fransiya Yevropa va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Eiffel (Eyfel) stipendiyasi – bu chet ellik iste'dodli talabalarni Fransiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga magistratura va doktorantura bosqichlarida tahsil olish uchun jalb qiluvchi to‘liq moliyalashtirilgan grant dasturidir.

Grantning asosiy afzalliklari

Eyfel stipendiyasi g‘oliblari barcha xarajatlari qoplangan holda tahsil olish imkoniga ega bo‘lishadi:

  • Magistratura bosqichi uchun to‘liq o‘quv to‘lovi;
  • Magistratura uchun oyiga 1,031 yevro va doktorantura uchun 1400 yevro miqdorida stipendiya;
  • Magistratura uchun qo‘shimcha 150 yevro miqdoridagi oylik nafaqa;
  • Xalqaro aviachiptalar (Fransiyaga borish va qaytish);
  • Uy-joy va madaniy tadbirlar uchun xarajatlar qoplanishi.

Agar siz xorijiy oliygohlar va kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumot olishni istasangiz, bizning resurslarimizdan foydalanishingiz mumkin.

Qabul mezonlari va yo‘nalishlar

Dasturda ishtirok etish uchun nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • Faqat xorijiy davlat fuqarolari ariza topshirishi mumkin;
  • Magistratura uchun 25 yoshgacha, doktorantura uchun esa 30 yoshgacha bo‘lishi lozim;
  • Ko‘pgina universitetlarda IELTS va TOEFL sertifikatlari talab etilmaydi.

Ustuvor yo‘nalishlar: Muhandislik, aniq fanlar (matematika, fizika, kimyo), biotexnologiya, atrof-muhit fanlari, huquq va siyosiy fanlar.

Talabalar uchun mo‘ljallangan foydali ma'lumotlar va yangiliklarni talabalar uchun bo‘limimizda kuzatib boring.

Eslatma: 2021- yil uchun tayinlangan hakamlar hay’ati ro‘yxati bilan tanishib chiqing. Batafsil ma’lumotlar uchun rasmiy veb-sahifaga o‘ting.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.