DTM testlarida mutaxassislik fanlari savollar taqsimoti
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan abituriyentlar uchun mutaxassislik fan bloki testlari qaysi mavzulardan tuzilishi va ularning foizli ulushi juda muhimdir. Tayyorgarlikni to‘g‘ri rejalashtirish yuqori natijalarga erishish garovidir.
Mutaxassislik fan bloki testlari qaysi mavzulardan tuziladi?
DTM testlarida har bir fan bo‘yicha savollar ma’lum bir foizli taqsimotga ega. Bu kirish ballari yo'nalishlar kesimida tahlil qilinganda, abituriyentlarga o‘z ustida ishlash uchun aniq yo‘nalish beradi.
1. Ona tili va adabiyot
- Ona tili – 60%
- Adabiyot – 40%
2. Matematika
- Sonlar va ular ustida amallar – 25%
- Funksiya va algebraik ifodalar – 35%
- Hosila, integral va ularning tadbiqlari – 10%
- Geometriya – 30%
3. Tarix
- Siyosiy tarix – 50-60%
- Ijtimoiy-iqtisodiy tarix – 10-20%
- Madaniy hayot – 10-15%
- Amaliy topshiriqlar – 20-25%
4. Fizika
- Mexanika – 35%
- Molekulyar fizika va termodinamika – 25%
- Elektromagnitizm – 30%
- Atom va yadro fizikasi – 10%
Tayyorgarlik jarayonida DTM standartidagi test tizimi yordamida bilimingizni sinab ko'rishingiz mumkin. Mazkur taqsimot asosida o‘qishni tashkil etish imtihonlarda muvaffaqiyat qozonish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.