Davlat OTMlarida kontrakt to'lash muddatlari
O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar va abituriyentlar uchun kontrakt to'lovlarini amalga oshirish muddatlari qat'iy belgilangan. Talabalar uchun ushbu muddatlarga rioya qilish juda muhim.
Abituriyentlar uchun kontrakt to'lovlari
Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun to'lov shartlari:
- Belgilangan to'lov miqdorining kamida 25% qismini 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha) to'lashlari lozim.
Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari
Yuqori kurs talabalari uchun kontrakt to'lovlari:
- To'lovning kamida 25% qismi 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati tomonidan uzaytirilgan muddatgacha) amalga oshirilishi kerak.
Barcha kurs talabalari uchun bo'lib to'lash jadvali
Kontrakt summasini qismlarga bo'lib to'lash muddatlari quyidagicha:
- 50% miqdori 1-yanvargacha;
- 75% miqdori 1-aprelgacha;
- 100% miqdori 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha).
Xorijiy fuqarolar uchun to'lov muddatlari bevosita OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi. Abituriyentlar uchun ma'lumot o'rnida: nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va ta'lim muassasasi o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.
Manba: infoedu.uz sayti ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.