Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–107-sonli farmoniga asosan, ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2023/2024 o‘quv yilida Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va mahalliy ta’lim muassasalarini bitirgan yoshlar uchun qo‘shimcha 3 000 ta davlat granti o‘rni ajratilishi belgilandi.
Qabul jarayoni va shartlari
Ushbu grant o‘rinlarini taqsimlashda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
- Soha va tarmoqlar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj tahlil qilinadi.
- Oliy ta’lim muassasalari hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar shakllantiriladi.
- Tayyorlangan takliflar 2023-yil 20-iyulgacha Davlat komissiyasiga taqdim etiladi.
Abituriyentlar o‘z tanlovlarini amalga oshirishda kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma’lumotlar bilan tanishib chiqishlari tavsiya etiladi. Shuningdek, oliygohlarga kirish jarayonlari haqida ko‘proq ma’lumot olish uchun abituriyentlar uchun bo‘limiga o‘tishingiz mumkin.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.