CEFR imtihoni nima?
Milliy sertifikat (CEFR) imtihoniga talab kundan kunga ortib bormoqda. Uning to‘liq nomi — Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovi bo‘lib, xalq tilida CEFR deyiladi. Imtihon Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan har oyda bir marta Toshkent shahri va barcha viloyat markazlarida o‘tkaziladi.
Imtihon jarayoni va ro'yxatdan o'tish
Ushbu imtihonda nomzodlar 4 ta bo‘lim (Listening, Reading, Writing, Speaking) asosida sinovdan o‘tishadi. Imtihonga ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz yoki my.dtm.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Joriy imtihonlar jadvali bilan milliy sertifikat sanalari sahifasida tanishishingiz mumkin.
CEFR sertifikatining afzalliklari
B2 darajasiga ega abituriyentlar kirish imtihonlarida chet tili blokidan ozod etiladi va maksimal ball oladi. Bu esa oliygohlar kirish ballari uchun katta imkoniyat yaratadi. Asosiy afzalliklar:
- IELTS'ga nisbatan arzon (405 000 so‘m);
- Sertifikat amal qilish muddati 2 yil;
- Barcha viloyatlarda tashkil etiladi;
- Magistratura va doktorantura uchun imtiyozlar beradi;
- C1 darajasi pedagoglar uchun 50% ustama yoki toifa imtihonida maksimal ball taqdim etadi.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.