Teesside universitetida IELTS natijalari asosida grant yutib oling
Buyuk Britaniyaning nufuzli Teesside universiteti xalqaro talabalar uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etmoqda. Global English Language Scholarship dasturi orqali siz IELTS natijalaringiz evaziga o‘qish xarajatlaringiz uchun mukofot pulini qo‘lga kiritishingiz mumkin.
Agar siz xorijda ta'lim olishni rejalashtirayotgan bo'lsangiz, abituriyentlar uchun foydali ma'lumotlar bilan tanishib chiqishni unutmang.
Grant dasturi shartlari
Ushbu grant fondi foundation, bakalavr va magistratura bosqichlariga hujjat topshirgan nomzodlar uchun mo‘ljallangan. Grant avtomatik tarzda taqdim etiladi, ya’ni alohida ariza topshirish shart emas.
- IELTS natijangiz kurs uchun belgilangan minimal talabdan 0,5 ballga baland bo‘lsa – 1500 funt sterling mukofot;
- IELTS natijangiz kurs uchun belgilangan minimal talabdan 1.0 ballga baland bo‘lsa – 2000 funt sterling mukofot.
Muvofiqlik mezonlari va ariza topshirish
Grantga ega bo‘lish uchun nomzodlar kunduzgi ta’lim shakliga qabul qilingan bo‘lishi va o‘qishning birinchi yilida bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha ma’lumotlar va talabalar uchun dolzarb yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib boring.
Arizalar UCAS portali yoki universitetning rasmiy sayti orqali qabul qilinadi. Qabulning oxirgi muddati: 31-iyul 2021-yil.
Batafsil ma’lumot: Universitet rasmiy sahifasi

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.