Buyuk Britaniyada ta’lim: 141 000 dollarlik to‘liq grant
Buyuk Britaniyaning nufuzli University of Strathclyde universiteti xalqaro va mahalliy talabalar uchun bakalavr bosqichida o‘qish imkonini beruvchi yirik grant dasturini e’lon qildi. Bu abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatdir.

Grant haqida ma’lumot
Glasgow shahridagi yetakchi davlat universiteti hisoblangan Strathclyde o‘z qamrovini kengaytirish va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jami 100 000 funt sterling (taxminan 141 000 AQSh dollari) miqdoridagi to‘liq grantni taqdim etmoqda. Ushbu mablag‘ to‘rt yillik o‘qish to‘lovi, yashash va jihozlar xarajatlarini to‘liq qoplaydi.
Grantga da’vogarlik qilish uchun yo‘nalishlar
Nomzodlar quyidagi bakalavriat kurslaridan biriga qabul qilinishi shart:
- Biomedikal muhandislik
- Protezlash
- Ortez
Ariza topshirish va talablar
Talabalar universitet portali orqali tanlangan dasturga ariza topshirishlari kerak. O‘qishga qabul qilingan talabalar avtomatik tarzda grant uchun ko‘rib chiqiladi. Talabalar uchun qo‘yilgan asosiy talablar:
- Fizika, biologiya, matematika yoki muhandislik yo‘nalishida yuqori ko‘rsatkichli diplom;
- IELTS Academic testidan kamida 6.5 ball (har bir qism 5.5 dan kam bo‘lmasligi kerak);
- Tavsiyanoma xatlari va pasport nusxasi.
Batafsil ma’lumot uchun rasmiy sahifaga o‘ting.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.