C1 sertifikati uchun 1 mln so'm mukofot: Yangi imtiyozlar
O‘zbekiston yoshlari uchun xorijiy tillarni o‘rganish yanada osonlashdi. Hukumat qaroriga ko‘ra, xalqaro sertifikat olgan yoshlarga imtihon xarajatlaridan tashqari, qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etildi.
Kimlar 1 mln so'mdan ortiq mukofot oladi?
Ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga imtihon xarajatlari qoplab beriladi. Bundan tashqari, o‘qish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish puli to‘lab beriladi.
Til sertifikatlari bo‘yicha yengilliklar
2024-yil 1-sentyabrdan 2027-yil 1-yanvargacha nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihonlarda talab etiladigan minimal ball ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytirildi. Bu milliy sertifikat sanalari va xalqaro imtihonlarga tayyorlanayotgan abituriyentlar uchun ajoyib imkoniyatdir.
- Rag‘batlantirish: 1 mln 20 ming so‘m miqdoridagi bir martalik to‘lov.
- Yengillik: Sertifikat darajasining minimal ko‘rsatkichi pasaytirildi.
Ushbu qaror yoshlarning xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi va xalqaro miqyosdagi sertifikatlarni qo‘lga kiritishini rag‘batlantirishga qaratilgan.









Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.