Apellatsiya berish tartibi: Abituriyentlar uchun qo’llanma

Test sinovi natijalaridan norozi bo’lgan abituriyentlar uchun apellatsiya berish tartibi, muddatlari va zarur hujjatlar haqida to’liq ma’lumot.

24
Apellatsiya berish tartibi: Abituriyentlar uchun qo’llanma

Apellatsiya shikoyatlarini berish tartibi va muddatlari

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellatsiya shikoyatini onlayn tarzda taqdim etishlari mumkin.

Apellatsiya qanday beriladi?

Arizalar apellatsiya.dtm.uz sayti orqali 10 kun davomida qabul qilinadi. Tizimga kirish uchun abituriyent:

  • “Bakalavr” bo‘limini tanlashi;
  • Pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

Agar siz o‘z natijalaringizni tahlil qilmoqchi bo‘lsangiz, kirish ballari yo'nalishlar kesimida ma'lumotlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Shuningdek, abituriyentlar uchun foydali maslahatlarni sahifamizda kuzatib boring.

Apellatsiyani ko‘rib chiqish jarayoni

Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Belgilangan vaqtda abituriyent quyidagi hujjatlar bilan Davlat test markaziga kelishi shart:

  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);
  • Xabarnoma;
  • Abituriyent ruxsatnomasi.

Kimlarning arizasi ko‘rib chiqilmaydi?

Quyidagi hollarda apellatsiya shikoyati ko‘rib chiqilmaydi:

  • Javoblar varaqasi yoki test topshiriqlari kitobi yirtilgan yoki belgilangan tartibda yetkazilmagan bo‘lsa;
  • Abituriyent test sinovlaridan chetlashtirilgan bo‘lsa;
  • Abituriyent o‘z javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan bo‘lsa.

Apellatsiya komissiyasi qarori ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng kuchga kiradi.

Reklama

umidjonu
MUALLIFumidjon

Izohlar (0)

Izoh yozish uchun tizimga kiring.

O'xshash maqolalar

Eng ko'p o'qilganlar