Qisqacha mazmun:
Umumiy ma’lumotlar: Kanadadagi eng nufuzli oliygohlardan biri QS reytingida 119-o‘rinni egallagan Alberta universititeti tomonidan bakalavriat hamda magistrlik dasturlarida grant asosida tahsil olish imkoniyati.
Alberta universitetida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, ovqatlanish fanlari, san’at va dizayn, biologiya fanlari, muhandislik sohalari, san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash fanlari kabi barcha akademik sohalar, shuningdek, 300 dan ortiq bakalavriat va 500 magistrlik dasturlari mavjud.
Bakalavr dasturlari uchun 12 yillik ta’lim tugallanishi kerak.
Umumiy ma’lumotlar:
Kanadadagi eng nufuzli oliygohlardan biri QS reytingida 119-o‘rinni egallagan Alberta universititeti tomonidan bakalavriat hamda magistrlik dasturlarida grant asosida tahsil olish imkoniyati. Alberta universitetida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, ovqatlanish fanlari, san’at va dizayn, biologiya fanlari, muhandislik sohalari, san’at, ta’lim, sog‘liqni saqlash fanlari kabi barcha akademik sohalar, shuningdek, 300 dan ortiq bakalavriat va 500 magistrlik dasturlari mavjud.
Talablar:
- Barcha millat vakillari hamda talabalar ariza topshirishlari mumkin.
- Tanlangan bakalavr va magistratura talabalari Kanadada talabalar vizasi ruxsatnomasi bo‘yicha o‘qishadi.
- Bakalavr dasturlari uchun 12 yillik ta’lim tugallanishi kerak.
- 16 yil yoki unga tenglashtirilgan magistr darajalari uchun ta’lim talab qilinadi.
Eslatma: $135 miqdorda ariza topshirish uchun qaytarib berilmaydigan(non refundable) qabul to‘lovini qilishingiz lozim;
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
- Batafsil CV yoki rezyume sizning ta’lim, tajribangiz va tajribangizni qisqacha tushuntiradi.
- Motivatsion xat.
- Oxirgi institutdan ikkita tavsiyanoma.
- Agar ona tilingiz ingliz tilidan boshqa bo‘lsa, GRE GMAT yoki boshqa test ballari IELTS yoki TOFEL.
- Barcha hujjatlar PDF faylida topshirilishi kerak.
Foydali jihatlari:
- Umumiy miqdorda $5000 bo‘lgan pul ajratilad;
- Oylik stipendiya;
- Tibbiy sug‘urta xarajatlari;
- Borib kelish xarajatlari ham shu jumladan qoplab beriladi
Xalqaro talabalar uchun ariza topshirish muddati tegishli bo‘lim tomonidan belgilanadi. Muddati dastur boshlanishidan 12 oy oldin bo‘lishi mumkin.
- 1 iyul Sentyabrga qabul uchun;
- 1-noyabr Yanvarga qabul uchun;
- 1-mart Mayga qabul uchun;
- 1-may iyulga qabul uchun;
Batafsil ma’lumotlar yuzasidan bu yerga shuningdek onlayn ariza topshirish uchun esa bu yerga murojaat eting.
Siz bu yangilikka qanday qaraysiz? Izoh qoldiring.























Javoblar (0 )