Akademik litseylarga qabul yakunlandi: Statistik ma’lumotlar
Akademik litseylarga 2024-yilgi qabul jarayoni rasman yakunlandi. Joriy yilda o‘quvchilarning qiziqishi yuqori bo‘lib, onlayn ro‘yxatdan o‘tganlar soni 33 876 nafarni tashkil etdi.
Qabul ko‘rsatkichlari va kvotalar
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, abituriyentlarning taqsimoti quyidagicha:
- Jami ro‘yxatdan o‘tganlar: 33 876 nafar o‘quvchi;
- Jins bo‘yicha: 62% o‘g‘il bolalar, 38% qiz bolalar;
- Umumiy kvota: 14 534 ta o‘rin.
Abituriyentlar uchun abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar va DTM standartidagi test tizimi orqali o‘z bilimlarini sinab ko‘rish tavsiya etiladi.
Test sinovlari tartibi
Prezident qaroriga (PQ-200, 03.07.2023-y.) muvofiq, akademik litseylarga kirishda yozma imtihon bosqichi bekor qilingan. Endilikda qabul to‘g‘ridan-to‘g‘ri Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari orqali amalga oshiriladi. Test sanalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi.

Ushbu yangilik sizda qanday taassurot qoldirdi? O‘z fikringizni izohlarda yozib qoldiring.

















Izohlar (0)
Izoh yozish uchun tizimga kiring.